Faoliyat doirasi va maqsadlari

Jamiyatning faoliyat doirasi va maqsadlari

Ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi «Xalqaro Hamkorlik Markazi» Kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Xalqaro savdo-ko‘rgazma majmuasi Biznes-markazi binosidan foydalanish masalalari to‘g‘risida» 20.04.2000 y.dagi 156-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasining 19.06.2000 y.dagi 36-p-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan.

Kompaniyani tashkil etishning asosiy maqsadi – xalqaro tashkilotlar, xorijiy firma va kompaniyalar o‘z faoliyatini ko‘rsatishi uchun qulay, xalqaro talablarga javob beradigan shart-sharoitlar yaratilishini tashkil etish hamda Xalqaro savdo-ko‘rgazma majmuasining binolari samarali foydalanilishini ta’minlashdan iborat.

«Xalqaro Hamkorlik Markazi» AK tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatining menejment tizimi ISO 9001:2008 xalqaro standartiga muvofiq sertifikatlangan, shuningdek, Kompaniya Xalqaro kongresslar va konferensiyalar uyushmasi (Internatiomal Congress & Convention Association. ICCA) a’zosidir.

Hozirgi vaqtda Kompaniya tomonidan xizmatlarning quyidagi turlari ko‘rsatilmoqda:

1.​ Ofis va xonalarni ijaraga berish;

2.​ Bayonnoma-servis tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish;

3.​ Mehmonxona-kurort faoliyati;

4.​ Restoran va qahvaxona;

5.​ Kechayu-kunduz qo‘riqlash va videokuzatuv;

6.​ Klining (xonalar va hududlarni tozalash);

7.​ Avtotransport xizmatlari, yuk tashish;

8.​ Tibbiy xizmatlar va tashhislash;

9.​ «DHL» ekspress pochta xizmati.

«Xalqaro Hamkorlik Markazi» AK boshqaruvida quyidagi ko‘chmas-mulk obyektlari mavjud:

Xalqaro hamkorlik markazi (IBC)

Bino 3ta yer osti va 16ta yer usti qavatlardan iborat bo‘lib, binoning umumiy maydoni 61,53 ming kv.m., undan ijaraga berishga mo‘ljallangan maydon – 21,4 ming kv.m.ni tashkil etadi.

Binoda 200 joyga mo‘ljallangan restoran, 170 joyli qahvaxona, 12tadan 500 kishilik konferens-zallar va muzokara xonalari, DHL ekspress-pochtasi, trenajyorlar zali, 70ta avtomobilga mo‘ljallangan qo‘riqlanadigan yer osti garaj va 300 joyli tashqi avtomobillar to‘xtab turish joyi, omborxona, yordamchi va texnik xonalar mavjud.

«Toshkent Plaza» savdo markazi

Bino 1ta yer osti qavati va 2ta yer usti qavatlaridan iborat. Bino chakana savdo shahobchalarini tashkil etish uchun mo‘ljallangan. Binoning umumiy maydoni 8,83 ming kv.m. tashkil etadi, undan ijaraga berish uchun maydon – 2,15 ming kv.m. teng. Binoda folklor guruhli doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Art-Markaz tashkil etilgan. Savdo shahobchalariga mo‘ljallangan qolgan xonalar shartnoma asosida ofis xonalari sifatida ijaraga berilmoqda.

«Uzinkomsentr» axborot markazi

Bino 2 yer osti va 2 yer usti qavatlaridan iborat. Binoning umumiy maydoni 3,91 ming kv.m.ni, undan ijaraga berish uchun mo‘ljallangan maydon – 1,25 ming kv.m.ni tashkil etadi. Mazkur bino korxonalarning ma’muriy ehtiyojlari maqsadlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Xalqaro savdo markazi (ITC).

«O‘zekspomarkaz» MKK OAJdan ijaraga olingan ushbu bino 1 yer osti va 3 yer usti qavatlaridan iborat. Bino kompaniya ofislarini joylashtirish va bayonnoma tadbirlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Binoning umumiy maydoni 5,46 ming kv.m., undan ijaraga berish uchun mo‘ljallangan maydon – 2,29 ming kv.m. tashkil etadi.

«Chimyon» dam olish zonasi.

Dam olish zonasi obdon ta’mirlangan 2ta kottedjdan iborat. Dam olish zonasida basseyn, yozgi oshxona, ijaraga berish uchun mo‘ljallangan kottedjlar mavjud bo‘lib, ular barcha kerakli uskunalar va mebel bilan to‘liq jihozlangan. Qo‘shimcha shiyponlar, ikkinchi basseyn, qishki oshxona hamda ma’muriy bino (qorovulxona) qurilmoqda.

Navoiy viloyatidagi «Silk Road Palace» mehmonxona majmuasi.

Bino 66ta xona (nomer) (4ta lyuks xona (nomer) va 62ta standart xona (nomer)), restoran, usti yopiq basseyndan iborat. Mehmonxona nomerlarining umumiy sig‘imi 110 tagacha kishini tashkil etadi. Mehmonxona majmuasi «Navoiy» xalqaro aeroporti yonida, «Navoiy» Erkin iqtisodiy-sanoat zonasidan 4,5 km masofada joylashadi.