Aksiyalarni qayta sotib olish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va «Xalqaro Hamkorlik Markazi» aksiyadorlik jamiyati ustaviga asosan Kompaniyaning joylashtirilgan aksiyalarini sotib olish quyidagi xollarda amalga oshiriladi:
– aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining joylashtirilgan aksiyalarning bir qismini olish va ushbu aksiyalarning umumiy sonini kamaytirish yo‘li bilan Kompaniya ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra;
– aksiyalarni keyinchalik qayta sotish maqsadida Kompaniyaning Boshqaruvchilar kengashi qaroriga ko‘ra;
– aksiyadorlarning talabiga ko‘ra, agar ular aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida quyidagi qarorlar qabul qilishda qarshi ovoz bergan bo‘lsa yoxud ovoz berishda uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan bo‘lsa:
– Kompaniyani qayta tashkil etish;
– joylashtirilgan aksiyalarni yiriklashtirish;
– O‘zbekiston Respublikasi «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunining 84-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq Kompaniya tomonidan mol-mulkni olish yoki boshqa shaxsga berish bilan bog‘liq yirik bitim tuzish;
– Kompaniyaning ustaviga ovoz beruvchi aksiyalar egalari bo‘lgan aksiyadorlarning huquqlarini cheklovchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki yangi tahrirdagi ustavni tasdiqlash.
Kompaniya tomonidan o‘z aksiyalarining olinishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, mustaqil ravishda yoki qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari orqali amalga oshiriladi.
«Xalqaro Hamkorlik Markazi» aksiyadorlik jamiyati ayni vaqtda Kompaniyaning joylashtirilgan aksiyalarini sotib olishni amalga oshirmayapti.
