T∕rSavolJavob
1Binolar kim tomonidan quriqlanadi?Obyektlarni, unga tutash hududni quriqlash va o’tkazish rejimi xavfsizlik xizmati va O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya bo’linmasi tomonidan tashkil etilgan. Barcha binolarning  hollarida 24 soatlik quriqlash postlari mavjud.
2XHM binosida kirishni boshqarish tizimi (KBT) mavjudmi?Ha, mavjud. XHM binosiga o’tish yuzni aniqlash va tana haroratini o’lchash qobiliyatiga ega kirishni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi yordamida amalga oshiriladi. Binoda aylanma va tripod turniketlari o’rnatilgan. Ijarachi rahbarining iltimosiga binoan, ijaraga beruvchi ushbu ijarachi xodimlarining binoga kirishi va chiqishi to’g’risida ma’lumot berishi mumkin.
3Ijarachining ishchilariga XHM binosiga kirishga qanday ruxsat beriladi va to’xtatiladi?XHMga kirish uchun, ijara shartnomasini tuzgandan so’ng, Siz qog’oz va elektron formatda (pacs@ibc.uz elektron pochta manziliga) o’z  xodimlaringizning  ro’yxati, ularning to’liq ismi, lavozimi ko’rsatilgan holda va “JPG” formatidagi fotosuratlar elektron versiyalarini  taqdim etishingiz kerak, shunda sizning xodimlaringiz KBT ma’lumotlar bazasiga kiritiladi. Sizning ishchilaringizga kirishga ruxsat ijara muddati tugaganidan keyin yoki Sizning arizangiz bo’yicha (ishchilarni ishdan bo’shatish va boshqalar) to’xtatiladi.
4Ish vaqtidan tashqari va dam olish kunlari ijaraga olingan ofisga kirishimiz mumkinmi?Ha, mumkin. Ijarachilar xodimlariga binoga kirish “24/7” rejimida (kuniga 24 soat va haftada 7 kun) ta’minlanadi.
5Bizning mehmonlarimiz va tashrif buyuruvchilarimiz XHM binosiga qanday kirishlari mumkin?XHM binosiga kirish uchun tashrif buyuruvchi Sizni (ijarachini) xabardor qilishi va sizning ruxsatingizni (ijarachining) olgandan so’ng, binoning grand-hall qabulxonasida ro’yxatdan o’tishi kerak. Bunday holda, kirish joriy kunning 24:00 soatigacha bir marta beriladi. Mehmonlaringiz va tashrif buyuruvchilaringiz uchun vaqtinchalik (3 oygacha) kirish uchun Siz bizning manzilimizga standart arizani yuborishingiz kerak.
6XHM binosida navigatsiya tizimi bormi?Ha, bor.  Ijarachilar va ularning tashrif buyuruvchilariga qulaylik yaratish uchun nolinchi  qavatda LED ekranlar mavjud, va barcha qavatlardagi lift zallarida-kompaniyalar va vakolatxonalarning nomlari ko’rsatilgan axborot stendlari o’rnatilgan. Har bir qavatda umumiy joylar (oshxonalar, hojatxonalar, chekish joylari), liftlar va evakuatsiya yo’llari ko’rsatilgan shift va devorga o’rnatilgan navigatsiya tablolari mavjud. Binoning markaziy kirish joylarida o’rnatilgan ko’cha ma’lumot stendlari yaqin atrofdagi binolar, ko’chalar va metroga yo’nalishni tanlashga imkon beradi. Yo’l va boshqa belgilar, shuningdek, yo’lovchilar, yuk liftlari va to’xtash joylarining joylashuvi to’g’risidagi ma’lumotlar er osti parkingida joylashgan.
7Avtomobilni qaerga qo’yish mumkin?Amaldagi ijarachilar uchun binoda yer osti avtoturargohi mavjud, to’xtash joyi alohida ijara shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bundan tashqari, Xalqaro Hamkorlik Markazi atrofida 3 ta bepul avtoturargoh mavjud: – Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi binosi ro’parasida, “Kichikh xalka yo’li” ko’chasidan kirish; – “InterHotel” mehmonxonasi binosi qarshisida, A. Timur prospektidan kirish; – Turizm va Madaniyat Vazirligi binosi yonida, A. Timur prospektidan va “Kichikh Xalk yo’li” ko’chasidan kirish.
8Ijarachilarning mol-mulkini olib kirish va olib chiqish qanday amalga oshiriladi?Ijarachilarning mol-mulkini saqlash va hisobga olish uchun olib kirish va olib chiqish Siz imzolagan qog’oz yoki elektron formatdagi  ariza asosida amalga oshiriladi, u mol-mulkni ko’chirishning taxminiy vaqtidan kamida 24 soat oldin topshiriladi. Mulk ko’chiriladi: – XHM- er osti avtoturargohi orqali keyin yuk liftlaridan foydalanilgan holda; – “O’zinkommarkaz” va ITCda-yon kirish eshiklari orqali.
9Er osti parkingida qanday asosiy cheklovlar mavjud?Er osti avtoturargohidagi cheklovlar xavfsizlik nuqtai nazaridan belgilanadi. Quyidagi transport vositasida kirish mumkin emas: – gaz ballonli uskunalar bilan jihozlangan; – texnik nosozliklar, tashqi shikastlanishlar va ifloslangan ko’rinishga ega; – portlovchi va yonuvchan yuk, zaharli, zaharlovchi va kimyoviy moddalar bilan; Er osti avtoturargohida taqiqlanadi: – amaldagi yo’l qoidalarini buzish; – transport vositasini ishlayotgan  dvigatel bilan qoldirish. Avtoturargohdagi cheklovlar XHM AJ ijara ob’ektlaridan foydalanish Qoidalarining 14-bo’limida batafsilroq bayon etilgan.
10Binoda videokuzatuv tizimi mavjudmi?Xavfsizlikni ta’minlash uchun XHM binolarining umumiy foydalanish joylari videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan (zallar, koridorlar, balkonlar, yong’in zinapoyalari, liftlar, shuningdek tutashkan  hudud).
11Biz o’z videokuzatuv tizimimizni o’rnatishimiz mumkinmi?Ijarachi faqat ijaraga olingan ofis ichida o’z videokuzatuv tizimini o’rnatishi mumkin. Binoning umumiy foydalanish joylarida ijarachilar tomonidan o’zlarining videokuzatuv kameralarini o’rnatishi taqiqlanadi.
12Agar kerak bo’lsa, videokuzatuv kameralaridan yozuvlarni olishimiz mumkinmi?Arxiv yozuvlari bilan tanishish O’zbekiston Respublikasining “Shaxsiy ma’lumotlar to’g’risida” gi Qonunini hisobga olgan holda, Boshqaruv raisining ruxsati bilan, yozma ariza asosida va faqat Sizning xodimlaringizga nisbatan amalga oshiriladi. Istisno holatlarda (yo’qolgan narsalarni qidirish, turli xil tekshiruvlarni o’tkazish va h.k.) videokuzatuv kameralaridan boshqa ma’lumotlar ham taqdim etilishi mumkin.
13Binoda ogohlantirish va yong’inga qarshi tizim mavjudmi?Ha, mavjud. Bino va er osti avtoturargohi jihozlangan: – ovozli ogohlantirish tizimlari; – tutun detektorlari; – tutundan tozalash tizimi; – shiftdagi splinkler purkagichlar bilan jihozlangan markazlashtirilgan yong’inga qarshi tizim.
14XHM binolarida tamaki mahsulotlarini chekish mumkinmi?XHM binosida chekishga ruxsat beriladi (shu jumladan elektron sigaretalar), faqat buning uchun maxsus ajratilgan joylarda – balkonlarda. “O ‘zinkommarkaz” va ITC binolarida chekish taqiqlanadi. Faqat  tutashkan hududda (chekish qutilari joylashgan joylarda) ruxsat beriladi.
15Jamoat transporti bekati yaqinmi?Ha, avtobus bekatlari, shu jumladan marshrut taksilari va “Bodomzor” metro bekati mavjud.
16Sizning biznes markazingizda bankomat bormi?Ha, XHM binosining nol qavatida sizning qulayligingiz uchun bankomatlar o’rnatilgan.